"Yil ayoli" milliy tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Gurlan tumani axborot-kutubxona markazida mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo'lgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ilg'or tajribalarini ommalashtirish borasida faol bo'lgan ayollar ishtirokida "Yil ayoli" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda jamiyatda ilg‘or fikrlarga ega bo‘lgan va atrofdagilarga namuna bo‘la oladigan, tadbirkor, tashabbuskor, faol ayollarimiz yana bir bor e’tirof etildi hamda g‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 237 marta