“Yil ayoli” milliy tanloviga marhamat!  

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. 

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – tuman va shaharlarda  oktabr oyida;  

2-bosqich (hududiy bosqich) – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar  va Toshkent shahrida noyabr oyida;

3-bosqich respublika bosqichi dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda o‘tkaziladi.

Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin. 

     Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar Gurlan tuman komissiyasi tomonidan joriy yil 28-oktabrga qadar qabul qilinadi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 19, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 38 marta