“YOSHLAR KICHIK ZONASI- KATTA IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI

Gurlan tuman hokimligining majlislar zalida, tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Davlatov ishtirokida “Yoshlar kichik zonasi- katta imkoniyatlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu doirasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov  joriy yil tumanda amalga oshirilgan investitsiya loyihalar va yoshlar kichik zonasida amalga oshiriladigan yangi loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tilgan loyihalar va masalalar yuzasidan   ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Ma’lumot uchun: Gurlan tumani, Sholikor qishlog‘i, Chinobod massivi yer xaritasining 468k-konturidan “Yoshlar kichik sanoat zonasi” tashkil qilish uchun 3 gektar yer uchastkasi ajratilgan bo‘lib, 2022-2026 yillarda 41 ta 30 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlarning yangi loyihalarini tashkil qilish rejalashtirilgan.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 15, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 618 marta