"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI QIZG'IN DAVOM ETMOQDA
Yaxshidan bog' qolar. Bu hikmatli so'z zamirida ko'plab ma'nolar yashirin. “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida boshlangan dolzarb 40 kunlik ko'chat ekish jarayonlari ham insoniyatdan kelajakka yaxshilik urug'ini qoldirishni maqsad qilgan.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo'yicha dolzarb 40 kunlik e'lon qilindi.
Shu munosabat bilan Gurlan tuman hokimi Murodjon Achilov boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.
Jumladan, “Dolzarb 40 kunlik” aktsiyasi doirasida “Gurlan agropilla” MChJga qarashli 5 gektarga 16 000 tup tut ko'chatlari ekish rejalashtirilgan bo'lib, bugun 5000 tup tut ko'chatlari o'tqazildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 659 marta