"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA

O‘simliklar dunyosisiz inson hayotini tasavvur qilish qiyin. Negaki, o‘simliklar, avvalo, insoniyatni toza havo bilan taʼminlaydi, qolaversa, oziq-ovqat, kiyim-kechak, hatto turarjoylarimizning ko‘p qismida ham yog‘ochdan foydalaniladi. Turli tuman qulay mebellarimiz ham shu o‘simlik xomashyolaridan tayyorlanishini hammamiz bilamiz. Shu bois, ham o‘simliklarni ko‘paytirish, ularni himoya qilish dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Bu borada “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi va hududiy bo‘linmalar Gurlan, Shovot tumani bo‘linmalari bilan birgalikda Yangibozor tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi hududida 16,5 gektar yer maydonga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘z hissasini qo‘shish maqsadida ko‘chat ekish tadbirini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Tadbirda fond xodimlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, mahalla faollari bilan birgalikda iqlim sharoitini inobatga olinib jami 200 tub ko‘chatlar ekildi, shulardan 100 tub manzarali daraxt, 100 tub ignabargli archa ko‘chatlari ekildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 


Fevral 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 690 marta