“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY HARAKATI

Xalqimizning "Yaxshidan bog' qolar" degan hikmatli so'zlari zamirida ko'plab ma'noni anglashimiz mumkin. Insoniyatdan kelajakka yaxshilik urug'ini qoldirishni maqsad qilgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida boshlangan "Dolzarb 40 kunlik" ko'chat ekish jarayonlari ham butun O'zbekiston diyorini qamrab oldi.

 

Jumladan, bugun loyiha doirasida  Mustaqillik ko'chasiga 300 tup katalpa ko'chatlari o'tqazildi.

Tumanimiz hokimi Murodjon Achilov “Yashil makon” loyihasi doirasida belgilangan “Dolzarb 40 kunlik” davomida tumandagi mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish ishlarini ko'zdan kechirib, o'zi ham boshqalarga o'rnak bo'lgan holda ushbu jarayonlarda faol ishtirok qilib kelmoqda.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Noyabr 19, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 708 marta