“Xalqqa yordam-oliy qadriyat” shiori ostida kouching o‘tkazildi

 Gurlan tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida Gurlanlik yurtdoshlarimiz uchun kouching tashkil etildi. 

Kouchingda bugungi kunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar uchun ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar haqida batafsil to’xtalindi. Shu yerning o’zida fuqarolarning savollariga javob berilib, ularni qiynayotgan masalalar ham tinglandi. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad avvalo ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni fuqarolarga yaqinlashtirish, davalatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar haqida kengroq tanishtirish hamda bu orqali insonlarni jamiyatga ijtimoiylashuvini ta’minlashga erishishdan iboratdir. Shuningdek, kouching so'ngida markaz psixologi tomonidan fuqarolar uchun psixologik trening tashkil etildi.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Noyabr 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 27 marta