“Vatanparvar” mahallasida tikuvchilik sexi ish boshladi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilyapdi.

Bu imkoniyatdan unumli foydalanib, 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan ko‘p yillardan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Roziya Haytbaeva o‘zi istiqomat qilayotgan Gurlan tumanidagi “Vatanparvar” mahallasi hududida “Vatanparvar” MFY Roziya tikuv servis”oilaviy korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Kuni kecha ushbu korxonaning ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov ishtirok etib, tadbirkorning bundan keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Quvonarlisi, ushbu oilaviy korxonaning ishga tushirilishi bilan mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz 15 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


May 12, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 704 marta