"Tashabbusli budjet" jarayonining 2-mavsumida faol ishtirok eting.
Hurmatli Gurlan tumani fuqarolari!
Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan "Tashabbusli budjet" jarayonining 2-mavsumida faol ishtirok eting.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi "Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5072-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Gurlan tumanida 2022-yil 2-mavsum uchun fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Ochiq budjet" axborot portali orqali (https://openbudget.uz) 2022-yil 15-iyuldan 3-avgustga qadar o‘zingiz yashab turgan hududingizdagi ichimlik suv ta’minoti, ichki yo‘llar ta’miri, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash va jihozlash kabi takliflar orasidan o‘zingiz istagan yagona mazmundagi taklifni qoldirishingiz mumkinligini, ushbu berilgan takliflarni saralash (moderatsiya) jarayoni 2022-yil 4-avgustdan 23-avgustga qadar davom etishini hamda ovoz berish jarayoni 2022-yil 24-avugstdan 12-sentyabrgacha bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Hurmatli fuqarolar sizdan ushbu o‘tkaziladigan "Tashabbusli budjet" jarayonida faol ishtirok etib tuman ravnaqi uchun o‘z xissangizni qo‘shishingizni so‘rab qolamiz.
Gurlan tumani hokimligining Moliya bo‘limi!
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 722 marta