"Marbugat" mahallasi hokim yordamchisi hisoboti tinglandi
Tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar sarhisobi hamda 4-chorakda amalga oshiriladigan ishlar rejasi bilan tanishtirish maqsadida barcha MFYlarda mahalladagi fuqarolar oldida hokim yordamchilari hisobot berishmoqda.
Jumladan, Gurlan tumani "Marbugat" mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Jaxongir Xasanovning 8 oy davomida amalga oshirgan ishlarining hisoboti va sentabr-dekabr oylarida bajariladigan rejalari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha Konsepsiyasi eshitildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 536 marta