“MARBUGAT” MAHALLASIDA AHOLI UCHUN SEMINAR
Joylarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Gurlan tumani, “Marbugat” mahallasida aholi daromadlarini oshirish maqsadida aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, ularning tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda mutaxassis va tadbirkorlar tomonidan aholiga parranda, asalari uyalari va quyon boqish orqali daromad topish yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 598 marta