“Loyihalar yarmarkasi” – aholini tadbirkorlik sari qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy qadam!

Gurlan tumanida “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi.
2024-yil 16-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Gurlan tumanida markaziy bank Xorazm viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklari tomonidan “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan biznes-rejalar taqdim etildi. Unda tijorat banklari va hokim yordamchilari hamda mahallalarda tadbirkorlikni boshlashni istagan fuqarolar va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 130 marta