"Kinokarvon“ loyihasi ijodkorlari Gurlan tumanida

Gurlan tumanidagi 2-sektor hududidagi "Vazir" madaviyat markazida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida  “Kinokarvon” loyihasi doirasida elimiz suygan aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

Samimiy muloqotda ijodkorlar o‘z hayotiy kechinmalari, xotiralari, kino va teatr, undagi qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, ijodkorlar tomonidan yurtimizdagi keng koʻlamli islohotlar eʼtirof etilib, yoshlarga barcha yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi aytib o'tildi.

Bugungi uchrashuv qiziqarli suhbatlar, ijodiy chiqishlar va savol-javoblarga boy boʻldi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 30, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 51 marta