“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi  mavzusida ochiq muloqot

Bugun Gurlan tuman hokimligida tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limida jamg‘arma xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida Ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tumanda olib borilayotgan ishlar,  amalga oshirilayotgan yangiliklar hamda yangi tuzilmalar faoliyati haqida ma`lumotlar berib o`tildi.

Tadbirda bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, kam ta’minlangan oila bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 23, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 217 marta