“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining Gurlan tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Gender tenglik jamiyatda adolat, holislik, qonun ustuvorligini taʼminlash uchun hamda fuqarolik jamiyatini qurishda muhim omillardan biri sanaladi. Uni taʼminlash esa har bir tashkilotning vazifalaridan biridir.
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining oʻtkazilishi ham bunga yorqin misol boʻla oladi. Tanlovning maqsadi barcha muassasalarda gender masalalarini targʻib etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashdan iborat.
Gurlan tumanida o‘tkazilgan ushbu tanlovda "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi" nominatsiyasida Gurlan tuman 1-son kasb-hunar maktabidan Saidova Xurshida;
"Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT" nominatsiyasi bo‘yicha O‘zLiDep Gurlan tuman Kengashi rais o‘rinbosari Karimova Nargiza;
"Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik subyekti" nominatsiyasida YTT Xaitova Manzura qoʻlga kiritdi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 205 marta