“Eng namunali mahalla raisi” tanlovi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga asosan Gurlan tumanida “Eng namunali mahalla raisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad mahalla raislarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, tizim xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish hamda namunali mahallalar doirasini kengaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirish, o‘z faoliyatida sezilarli yutuqlarga erishayotgan mahalla raislarini rag‘batlantirish ko‘zlangan.
Tanlovda har bir mahalla raislari tomonidan maxsus taqdimotlar namoyish etildi. Bu esa hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezon asosida baholab borildi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan “Ishonch” mahallasi raisi Avazmuratova Muyassar “Eng namunali mahalla raisi” deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 162 marta