"Eng faol ijtimoiy xodim" tanlovi o‘tkaziladi

Hukumat qarori (69-son, 03.02.2024 y.) bilan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom qabul qilindi.

 

 Nizomga ko'ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy xodim assistentlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlardagi xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori bo'yicha ijtimoiy xodimlar o'rtasida “Eng faol ijtimoiy xodim” ko'rik tanlovi tashkil etiladi.

  •  Har yili 1-aprelgacha ko'rik tanlov o'tkazilishi haqida e'lon beriladi va nomzodlar 1-apreldan 30-aprelgacha agentlik veb-sayti orqali ro'yxatdan o'tadi.
  •  Ko'rik tanlovning hududiy saralash bosqichi may oyida, respublika final bosqichi iyun oyida o'tkaziladi.
  •  Ko‘rik-tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlari ishtirokchilarining sinov natijalari 100 balli tizim asosida tasdiqlangan tartib bo‘yicha baholanadi.
  •  Sinovlar natijasi bo‘yicha to‘plangan ballar qo‘shilib, har bir ishtirokchining yakuniy balli Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida shakllantiriladi.
  •  Tanlov g'olib va sovrindorlari har yili iyul oyining birinchi haftasida quyidagicha taqdirlanadi:

 

Hududiy saralash bosqichi g'oliblari mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining quyidagicha baravarida mukofotlanadi.

1-o'rin – 5 baravari (5 mln 250 ming so'm);

2-o'rin – 3 baravari (3 mln 150 ming so'm);

3-o'rin – 2 baravari (2 mln 100 ming so'm);

Respublika final bosqichi g'oliblari mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining quyidagicha baravarida mukofotlanadi.

1-o'rin – 20 baravari (21 mln so'm);

2-o'rin – 15 baravari (15 mln 750 ming so'm);

3-o'rin – 10 baravari (10 mln 500 ming so'm);


Fevral 19, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 214 marta