“E-Murojaat” elektron tizimida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti

Murojaat qilish va axborot olish fuqarolarning eng asosiy huquqlaridan bo‘lib, ular inson manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishning muhim omildir. 

Gurlan tumani hokimligi binosida “E-Murojaat” elektron tizimida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu dasturni amaliyotga tatbiq qilish maqsadida Gurlan tumandagi idora va tashkilotlarning murojaaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlari uchun amaliy seminar tashkil qilindi. Seminar qatnashchilariga elektron dastur haqida mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish berildi. Dasturni hayotga tadbiq qilishdan asosiy maqsad, olib borilayotgan xatlov jarayonlarida, fuqarolar murojaatlarnini o‘rganishda va ularni kerakli manzilga yetkazishda ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozlikni oldini olishga xizmat qiladi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Fevral 20, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 442 marta