“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasi viloyat bosqichiga start berildi
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida futbol va mini-futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasi viloyat bosqichining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qatnashib, mazkur turnirning yildan yilga yoshlar o‘rtasida ommalashib borayotganini ta’kidladi. Misol uchun, o‘tgan yil mazkur kubok musobaqalarida viloyatimiz bo‘yicha 14 ming nafar yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil qatnashchilar soni 20 ming nafardan oshgan. O‘tgan yildan farqli ravishda bu yilgi musobaqalarda qizlarning ham ishtirok etishi o‘ziga xos yangilik bo‘ldi. Tadbirda qur’a tashlash marosimidan keyin yoshlar uchun katta gala-konsert namoyish etildi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 325 marta