“BO‘ZQALʼA” MAHALLASIDA KATTA OBODONLASHTIRISH ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI
Mamlakatimizda islohotlarning yangi bosqichida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish milliy iqtisodiyotimizning izchil yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash hamda aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida qaralmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda strategik va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida mahallalar va qishloqlar yangicha qiyofa kasb aks etmoqda.
Bugun "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida Gurlan tumani, "Bo‘zqalʼa" mahallasida obodonlashtirish, elektr, ichimlik suvi va gaz (suyultirilgan) taʼminotini va ichki yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 119-Gurlan saylov okrugidan saylangan deputat Z.Abdirimov, Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdikilichov, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i O‘. Meyliyev, tuman hokimi M.Achilov mutasaddi tashkilot rahbar va xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 662 marta