“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi

Bugun Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat uyida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada tumandagi 56 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 292 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Mehnat yarmarkasiga tumandagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, tumanda yangi tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘zlarining ko‘rgazmalari bilan qatnashib, ishga joylashish va kasbga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolarga tushunchalar berdilar.


 


Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 23 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berilib, 10 nafari doimiy ishlarga joylashtirildi. 

Shuningdek, 16 nafar fuqarolar "Kasb-hunarga o‘qitish markazi"da kasbga o‘qitish kurslariga qabul qilindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Mart 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 762 marta