Yo'l bo'yida joylashgan maktablar oldiga maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

Yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida hamda yo'l-transport hodisalar o'choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o'tkazmaslik va fuqarolarning yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi.

Bu bo'yicha Prezidentning  “Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–190-son qaroriga tegishli o'zgartirishlar kiritildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 18, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 59 marta