Xorazmlik g‘allakorlar O‘zbekistonda birinchi bo‘lib  g‘alla topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini bajardilar

O‘tgan kuzda Xorazm viloyatida g‘allachilik klasterlari  va fermer xo‘jaliklari tomonidan  33 ming 200 gektar maydonga  g‘alla ekilib,  agrotexnologiya talablari asosida parvarishlangani natijasida bug‘doydan mo‘l hosil yetishtirildi. Hosilni qisqa muddatda yig‘ib olish uchun 150 tadan ortiq yuqori unumli zamonaviy kombaynlar tayyorlanib,  g‘allani o‘rish va qabul maskanlariga tashish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Viloyat g‘allakorlari 84 ming 400 tonnadan ortiq bug‘doyni  davlat zahirasi va birja savdolari uchun yetkazib berib, shartnoma shartlarini oshig‘i bilan bajardilar. Viloyat dalalarida hali hosil cho‘g‘i baland bo‘lib, o‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyun 16, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 141 marta