Urug‘lik paxta xomashyosi va boshqa urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi urug‘chilikka ixtisoslashgan sub’yekt rahbarlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 641-son qarori asosida “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2024-yil hosilidan tumanning urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan hududlarida original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok qilish istagida bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari 2024-yil 15-yanvardan 05-fevralgacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Talabgorlardan arizalarni qabul qilish 2024-yil 05-fevral kuni soat 18:00 dan to‘xtatiladi.

Manzil: Gurlan tumani kengashlar uyi binosining 1-qavatida.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 99-561-07-63 va 97-500-61-11 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


Yanvar 04, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 97 marta