TUMANDAGI BOG'DORCHILIK SUBYEKTLARIGA BOG'LARGA SHAKL BERISH, BUTASH VA QIRQISH ISHLARINI TO'G'RI TASHKIL QILIShHBO'YICHA SEMINAR O'TKAZILDI

Xorazm viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasi hamda Gurlan tumani hokimligi hamkorligida “Bekzod-Islom” fermer xo'jaligi bog'ida soha mutaxassislari, fermer xo'jaliklari rahbarlari, tadbirkorlar, bog'dorchilik bilan shug'ullanuvchi dehqonlar ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

 

Seminarda bog'larga shakl berish, butash va qirqish ishlarini to'g'ri tashkil qilish kelgusi yil hosili uchun katta ahamiyat kasb etishi to'g'risida soha mutaxassislari va tajribali bog'bonlar yosh fermerlar bilan o'z boy tajribasi va bilimlari bilan o'rtoqlashdi.
 

Seminarda fermerlar va mutaxassislar o'rtasida sohada qilinishi zarur bo'lgan muhim ishlar yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berilib,  tajribali bog'bon tomonidan bog'larga shakl berish, butash va qirqish ishlari seminar ishtirokchilariga amalda ko'rsatib berildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Dekabr 02, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 522 marta