RESPONDENTLARNING IQTISODIY AHVOLI VA BANDLIGI MASALASIGA АHOLINI SINOV TARIQASIDA RO‘YXATGA OLISH SAVOLNOMASIDA ALOHIDA E’TIBOR QARATILGAN

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonida respondentlarga tegishli shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati aholini ro‘yxatga olish dasturi hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olish dasturi asosiy demografik ko‘rsatkichlarga tegishli bo‘lgan savollar qatorida uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holati va bandligiga tegishli bo‘lgan quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:

  • yashash uchun daromad manbai;
  • uy xo‘jaligi tasarrufida uzoq foydalaniladigan mulk va buyumlarning mavjudligi;
  • bir oylik daromad miqdori;
  • aholining asosiy mehnat faoliyati;
  • ish joyi joylashgan joy;
  • aholini ro‘yxatga olish boshlangan kunga qadar oxirgi bir hafta ichida (aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning 24-31- oktabr kunlari) faoliyat turidan qat’i nazar ish haqi to‘lanadigan yoki daromad keltiradigan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lganligi;
  • aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning oktabr oyida ish izlaganligi, taklif etilgan ishga ikki hafta mobaynida kira olish imkoniyati, ishga kirmaslik sababi va boshqalar.

   Xorazm viloyati statistika boshqarmasi 


Sentabr 15, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 601 marta