Olg’a mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda

Gurlan tumanida “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi amalga oshirilayotgan "Olg’a" mahallasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, mahalla aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholiga bank xizmatlari va mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi  doirasida "Olg’a" mahallasida 100 ta simyog‘och ustunlar yangisiga almashtirilib, 45 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi hamda 8,5 km sip kabellar tortildi. Mahalla ko‘chalarining 3 km ariq, kanal, kollektor-zovurlar tozalandi.

Mahalladagi “Oltin Bobo” qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borildi, hozirda kirish qismiga darvoza o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, mahallada aholi, yoshlar o‘rtasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar va sport musoboqalari tashkil etildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Fevral 10, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 105 marta