Nafaqa va qo‘shimcha to‘lovlar endi fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli Qarori bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagi nafaqa turlari belgilandi:

o   nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqa;

o   parvarishlash nafaqasi;

o   nogironlik nafaqasi;

o   boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;

o   yoshga doir nafaqa.

Bunda, 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamg‘armasi tomonidan axborot tizimlardagi ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da fuqaroning murojaatisiz va hech qanday hujjat talab etilmasdan tayinlanadi.

Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari Davlat xizmatlari markaziga pasport yoki ID karta taqdim etish orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron ravishda murojaat qilish orqali Pensiya jamg‘armasi tomonidan avtomatik ravishda tayinlanishi belgilandi.

18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi hamda parvarishlash nafaqasi ushbu toifa shaxslarga boshqa turdagi nafaqa yoki pensiya olishidan qat’iy nazar nogironligi bor bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lguniga qadar tayinlanadi.

Nafaqalar axborot tizimlardagi ma’lumotlar asosida inson omilisiz 5 daqiqalik muddatda tayinlanadi.

Qaror bilan shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha to‘lovlovni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra:

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar toifasi;

axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar orqali Pensiya jamg‘armasi tomonidan ushbu shaxslarga toifasiga “proaktiv shakl”da fuqaroning hech qanday murojaati va hujjatlarisiz bazaviy hisoblash miqdorda har oy qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi;

qo‘shimcha to‘lov fuqaroning pensiya yoki nafaqa olishidan qat’i nazar to‘lanishi belgilandi.

 

 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Gurlan tuman bo‘limi boshlig‘i                                              R.Nurmetov

 


Mart 30, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 333 marta