Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudining raisi J.Axmedovning 2023-yilning 1- yarmidagi ish faoliyati yuzasidan axboroti

Ma'lumki, mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.

Asosiy maqsadimiz fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat'iy mustahkamlash, sudni tom ma'noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iboratdir.

Bugungi kunda xalqimiz kutayotgan adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi mustahkam, yuksak kasb va ma'naviy fazilatlarga ega bo‘lgan sud xodimlari tarkibini shakllantirish eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Bugungi kun kechagidan butkul farq qiladi. Xalq orasiga kirib borish, ularning dardi bilan yashash, kerak bo‘lsa, muammolarini joyida hal etish har bir sudyadan katta mas'uliyat va fidoyilik talab etadi.

Aholi o‘rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, mamlakatimizda

iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi ma'muriy g‘ovlar va sun'iy to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan bevosita xalq bilan muloqot qilish, ularga qabul qilinayotgan yangi qonunlarni, sudyalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni keng tushuntirish maqsadida tumanimiz qishloq va mahallalarida hamda korxona va tashkilotlarda tuman sudi tomonidan sayyor uchrashuvlar, qabullar ochiq muloqotlar hamda sayyor sud majlislari o‘tkazilib kelinmoqda.

Yuqorida qayd qilingan masalalar yuzasidan tuman sudi tomonidan 2023yilning 1-yarmida O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘rsatilgan vakolatlari doirasida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni sifatli va tezkor amalga oshirish, jinoyatchilarga, huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy va adolatli jazo tayinlash, jinoyatlarni, huquqbuzarliklarni keltirib chiqargan shart-sharoitlarni bartaraf qilish bo‘yicha taqdimnoma, xususiy ajrimlar chiqarish, ishlarni sayyor sud majlislarida ko‘rish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, mahalliy kengashda ish faoliyati yuzasidan axboroti berish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Tuman sudi tomonidan 2023-yilning birinchi yarmida 70 nafar shaxsga nisbatan 52 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan, hisobot oxiriga 10 nafar shaxsga nisbatan 7 ta jinoyat ishi qoldiqda qolgan, ko‘rilgan 44 ta ya'ni 86,3 foiz ishga xususiy ajrim chiqarilgan, sayyor sud majlisilari 19,6 foizni tashil qilgan. Birinchi instansiyada jami 80 ta sanksiya va boshqa materiallar ko‘rilgan. Shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman sudi tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 13 nafar fuqaroga nisbatan ma'muriy nazorat o‘rnatilgan va 13 nafar fuqaro surunkali alkogolizmga qarshi majburiy davolash muassasiga joylashtirilgan va 8 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish tarzidagi” ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq materiallar ko‘rilgan. Mazkur davrda tuman sudi tomonidan jami 1225 nafar shaxsga nisbatan 1028 ta ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materiallar ko‘rib tamomlangan. Shundan, 484 nafar shaxsga nisbatan 416 ta ish bo‘yicha ma'muriy jazo qo‘llanilgan, 399 nafar shaxsga nisbatan 309 ta ish tugatilgan.

Bundan tashqari, joylardagi kriminogen vaziyat tahlilidan kelib chiqqan holda tuman sudi tomonidan huquqiy mavzularda korxona, muassasa tashkilotlar hamda aholi o‘rtasida uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazilib, 20 marotaba ma'ruzalar bilan chiqishlar qilingan, 3 marta televideniyada, 2 marotaba radioda hamda 7 marotaba gazetda chiqishlar qilingan.

Tuman sudi tomonidan 2023-yilning 1-yarmida sudlanganlik holati oshgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar yuzasidan 7 ta umumlashtirish o‘tkazilib, tumanda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tegishli organlarga 6 ta taqdimnomalar yuborilgan. Shuningdek tumandagi ijtimoiy huquqiy yordamga muhtoj ayollar, yushmagan yoshlar bilan huquqini muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda muntazam davra suhbatlari o‘tkazib kelingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi 11-sonli Farmonida sud qarorlarining qat'iy ijrosini ta'minlash hamda sud qarorlarini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha bir qancha vazifalar yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2023-yil 27-yanvardagi "Respublika sudlarining 2022-yilda odil sudlovni amalga oshirish va sud tizimini yanada takomillashtirish borasidagi faoliyati hamda kelgusidagi vazifalari to‘g‘risida"gi RS-01-23-sonli Qarorining 7-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida hamda 2023-yil - "Sud qarorlari ijrosini ta'minlash yili" deb e'lon qilingan.

Ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda 2023-yil 17-fevral kuni “Sud hujjatlarining ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturi ishlab chiqilgan va tuman sudi tomonidan sud qarorlari ijrosi muntazam nazoratga olingan.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlardan kelib chiqib, asosiy e'tiborni bevosita xalq bilan muloqot qilish, ularga qabul qilinayotgan yangi qonunlarni, sudlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Zero, sudlar tomonidan jinoyat uchun jazoning to‘g‘ri tayinlanishi odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi. Adolatli jazo tayinlanishi undan ko‘zlangan maqsadlarga mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Jinoyatchilikni, ayniqsa yoshlar (voyaga yetmaganlar) va ayollar tomonidan jinoyatchilikning oldini olish borasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirishni, fuqarolarning har bir murojaatiga alohida yondashib, har bir murojaatni adolatli hal qilib, murojaat qilgan har bir fuqaroda sudga nisbatan ishonch hosil qilishi uchun xizmat qilishi lozim.

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, ularda jinoyatning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy maqsadi aholining barcha qatlamlarida huquqiy savodxonlikka erishish, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng barqaror tizimini yaratishdan iborat. Bugungi kunda fuqarolarning ijtimoiy faolligini, huquqiy ongi, madaniyatini oshirishda, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda va hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlari orasida izchil targ‘ib qilish barchamizning vazifamiz.

Shuningdek, har qanday ko‘rinishdagi jinoyatlarga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz ekanligini yana bir marta eslatib, quyidagi takliflarni bildiraman.

  1. Tumanda jinoyatchilik va ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan joylardagi mahallalarda, ushbu salbiy holatlarni oldini olish, ularning oqibatlarini xalqqa yetkazish maqsadida sayyor sud majlislarini o‘tkazishda mahallalarda yoshlar, jinoyat sodir qilishga moyil shaxslar, muqaddam sudlangan shaxslar muntazam ravishda tegishli organlar bilan birga targ‘ibot-tashviqot ishlari va sayyor qabullarni tashkillashtirish (tumandagi sektor rahbarlari).
  2. Muqaddam sudlangan shaxslar bilan doimiy profilaktik tadbirlarni olib borish, shuningdek YTX bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshganligi munosabati bilan aholi va korxona-tashkilotlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni jadallashtirish ( tumandagi sektor rahbarlari bilan hamkorlikda ).

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, Siz ham huquqiy ongi yuksak shaxs sifatida yon-atrofingizdagi, aynan jinoyat domiga tushib qolgan boshqa shaxslarga jinoyatlar tagida nima yotganligini, qanday oqibatlarga olib kelishini tushuntiring. Shunday holda Siz o‘sha shaxsning jinoyat qurboniga aylanib qolishining oldini olgan bo‘lasiz.

Turmushimizning tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarning xotirjamligi barchamizdan ogoh bo‘lishni talab etadi.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, xalq deputatlari Gurlan tuman

Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudining raisi J.Axmedovning 2023-yilning 1- yarmidagi ish faoliyati yuzasidan axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman hokimligi matbuot xizmati mazkur qarorni tuman hokimligining internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
  3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Gurlan tumani prokurori, hokim o‘rinbosarlari hamda Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Kengash raisi                                                                                U.Jumaniyazov

 

Yuklab olish pdf


Sentabr 26, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 135 marta