Gurlan tumanidagi "Guliston" va “Shodlik” bolalar yozgi oromgohlari o'z faoliyatini boshladi

Jumladan tumandagi 7-son umumiy o’rta ta’lim maktabida ochilgan "Guliston" bolalar yozgi oromgohlarining ochilish marosimida tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi xodimlari ishtirok qilishdi.

Tabdirda oromgoh tarbiyalanuvchilari ijrosida badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va Qoraqalpog'iston Respublikasining Shumanay tumanidan kelgan bolajonlar tomonidan kuylangan ashulla hamda raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tumandagi 3-son kasb-hunar maktabida “Shodlik” bolalar oromgohi ish boshladi. Bu yerda oromgohning birinchi mavsumda 120 nafar bolaning dam oladi.

Oromgohlarda bolalarning dam olishini tashkil qilish bilan birga turli tadbirlar o‘tkazish, to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Iyun 03, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 228 marta