Gurlan tumanida “Keksalar e'zozda” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi
Gurlan tumanidagi sihatgohda “Nuroniylarni qadrlaymiz” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" kechasi o‘tkazildi. Uchrashuv avvalida uzoq yillar davomida tumanimiz va xalqimiz uchun uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilgan nuroniylar hamda ularning yaqin qarindoshlari yoshlar tomonidan e’zoz va ehtirom bilan kutib olindi.
Shundan keyin mehmonlar ushbu yerda joylashgan isssiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirib, sanatoriyada dam oluvchi va bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat turlari bilan tanishdilar.
Tadbirda tuman hokimi Murodjon Achilov va nuroniylar so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yaratilayotgan imkoniyatlar hamda tumanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Bir piyola choy ustida davom etgan "Uch avlod uchrashuvi”da tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Gurlan tuman hokmligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 698 marta