Gurlan tumanida oila va xotin-qizlar tizimida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilning istiqbolli rejalar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 

Tahliliy-tanqidiy ruhda davom etgan yig‘ilishda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Nigora Qutlimuratova qatnashdi. Yig’ilishda mahalla xotin-qizlar faollarini ish faoliyati, lavozim majburiyatlari, davlat xizmatchisiga xos bo‘lgan odob-axloq qoidalari, fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyati hamda “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga sifatli tayyorgarlik koʻrish, bunda shaffoflik va adolat mezonlariga qatʼiy rioya qilish, daftardagi xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida  tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati

 


Yanvar 15, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 74 marta