Gurlan tumanida 61 nafar maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallari tantanali ravishda topshirildi

Gurlan tumanida 2022-2023-o‘quv yilida 1842 nafar o‘quvchi 11-sinfni muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot sari qadam tashladi. Ularning orasida maktabni a'lo baholar hamda na'munali xulqi bilan tamomlagan bitiruvchilarning 35 nafari oltin va 29 nafari kumush medalga sazovor bo’ldi.

Bugun Gurlan tuman hokimligida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini oltin va kumush medallar bilan tamomlagan hamda fanlar olimpiadasi va turli tanlovlarda muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib, katta hayot ostonasida turgan barcha o‘quvchi yoshlarni samimiy tabriklab, ularning keyingi o‘qishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritgan  6-IDUM ning 11-sinf o‘quvchisi Rustambek Hojiboyev va ota-onasini tabriklab, unga noutbuk topshirdi.


Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmat


Iyun 23, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 283 marta