Gurlan tumanida “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Bugungi bo'lib o'tgan tadbirda ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida yo'riqnoma o'tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Asosiy e'tibor jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratligi ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbirda Payshanba "Profilaktika kuni" munosabati bilan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va uning oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Asosiy maqsad esa, tumanda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kamaytirishdan iborat.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 12, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 149 marta