Gurlan tumani hokimligining 2023-yil I yarim yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari, xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarida tuman hokimligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, hokimlik boshqaruv apparatida ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida

Qaror qilaman:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023yil 14-fevralda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023- yil I yarim yillik ish rejasi to‘g‘risida”gi 11/79-sonli bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman hokimligining 2023-yil I yarim yilligi uchun ish rejasi 1-14ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Quyidagi muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi boshqaruv apparati bo‘linmalari rahbarlari, tumandagi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 6noyabrda Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nomli ma’ruzasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi nutqlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Yangi O‘zbekistonning 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori;

Davlatimiz rahbarining viloyatga tashriflaridagi uchrashuvlar va yig‘ilishlaridagi ma’ruzasi;

viloyat hokimligining Davlatimiz rahbari huzuridagi hisobotlari bo‘yicha 2023- yil va kelgusi yillar uchun topshiriqlar bayonnomalari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, yig‘ilish bayonlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining hamda Xorazm viloyat hokimligining 2023-yil I yarim yillik uchun ish rejasida belgilangan vazifa va topshiriqlarning sifatli va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi boshqaruv apparati bo‘linmalari rahbarlariga tumandagi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari bilan birgalikda:

tuman hokimligining 2023-yil I yarim yilligi uchun ish rejasining bajarilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari va yig‘ilishi bayonlari, Hukumat hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlashda ijro intizomiga qat’iy rioya qilish va uni yanada mustahkamlash;

doimiy va tizimli asosda hokimlik apparati va idoraviy mansub tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomining holatini tanqidiy o‘rganib chiqish topshirilsin.

  1. Tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik boshqaruv apparati bo‘linmalari rahbarlariga:

tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan amaldagi komissiyalar (kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar) faoliyatini, ularning maqsadli vazifalarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishini tashkil qilish;

“edo.ijro.uz” yagona idoralararo ijro intizomi elektron tizimi orqali kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini o‘z muddatida sifatli va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonlarda hujjatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga alohida e’tibor qaratish;

2023- yil I yarim yillik ish rejasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat, tuman hokimi topshiriqlari hamda funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda oylik ish rejalarini samarali va oqilona rejalashtirish choralarini ko‘rish;

komplekslar tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining ishlari rejalashtirilishiga, ularning har oylik ish rejalari tasdiqlanishi va bajarilishi natijadorligiga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish choralarini ko‘rish topshirilsin.

  1. Belgilab qo‘yilsinki, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik boshqaruv apparati bo‘linmalari rahbarlari ish rejada belgilab qo‘yilgan vazifa va masalalarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsan mas’uldirlar.
  2. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash tuman hokimining o‘rinbosarlari

U.Davlatov, S.Zaripov, U.Jumagaldiev, A.Babadjanov, M.Urazmetov, va N.Babajanovaga hamda bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi doimiy komissiyalari zimmalariga yuklansin.

Tuman hokimi                                                                          U.Jumaniyazov

 

Qarorni yuklab olish


Mart 02, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 256 marta