Gurlan tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Karimov Axmedjon Muhiddinovichning 2018-2023-yillardagi faoliyati davomida erishilgan yuqori natijalar bo‘yicha Gurlan tuman aholisiga hisobot berdi

Barchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizning sog‘liqni saqlash sohasida ulkan yangilanishlar ro‘y berdi. Birinchi navbatda, muhtaram Prezidentimizning farmon va qarorlari asosida sog‘liqni saqlash sohasi faoliyati huquqiy jihatdan takomillashtirildi. Xalqimizni rozi qilish maqsadida birlamchi tibbiyot tizimi faoliyatini tubdan yaxshilash, dori-darmon ta’minoti, hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab muhim vazifalar amalga oshirildi.

Bugungi kunda tumanimizda istiqomat qilayotgan 154477 aholiga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP, 6 ta oilaviy poliklinika hamda 2 ta oilaviy shifokorlik punktlari, 11 ta xususiy tibbiyot muassasalari orqali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Hozirda tumanimiz tibbiyot muassasalarida 241 nafar shifokor, 853 nafar  o‘rta maxsus ta’limga ega tibbiyot xodimlari, 249 nafar kichik tibbiy xodim hamda 144 nafar boshqa ishchi xizmatchilar mehnat qilayapti. Tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bugun tumanimizda birlamchi tibbiy-profilaktika, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati tobora yaxshilanib borayapti. Jumladan, tumanimizda oxirgi 3 yilda:

Tumanda 2020-yil davomida 931969 ta qatnov bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida tumanda 1002704 ta qatnov bo‘lgan, 2022-yil  davomida tumanda 943847 ta qatnov  bo‘ldi. Tuman KTMPga jami qabul 2020-yil davomida 364261 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida tumanda 403276 ta  bo‘lgan, 2022-yil  davomida tumanda 394366 ta aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Yurak qon tomir kasalliklari 2020-yil davomida 10240 ta qabul 7335 ta bemor bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida tumanda 11027 ta qabul 7291 ta bemor  bo‘lgan, 2022-yil  davomida tumanda 9855 ta qabul 7075 ta bemor  bo‘ldi. Endokrin kasalliklar 2020-yil davomida 16926 ta qabul 6913 ta bemor bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida tumanda 18175 ta qabul 7261 ta bemor  bo‘lgan, 2022-yil  davomida tumanda 28199 ta qabul 11485 ta bemorni tashkil qilib, bularning barchasiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Tumanda 2020-yil davomida 3115 ta tug‘ruq sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida tumanda 3281 tug‘ruq sodir bo‘lgan, 2022-yil  davomida tumanda 3369  tug‘ruq sodir bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 88 taga oshgan. So‘ngi 3 yil davomida 16-17 yosh qizlar orasida tug‘ruq sodir bo‘lmadi. Tumanda 2020 va 2021-yillar davomida 1 tadan  onalar o‘limi qayd qilingan, 2022-yil davomida onalar o‘limi sodir bo‘lmagan. Go‘daklar o‘limi 2020-yil davomida 35 ta xolatda go‘daklar o‘limi sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil davomida 32 go‘daklar o‘limi xolati sodir bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yil mobaynida esa 26 ta xolatda go‘daklar o‘limi sodir bo‘lgan, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkichi absalyut sonda 6 ta xolatga kamaygan.

Xabaringiz bor, tuman tibbiyot birlashmasida juda katta hajmda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Gurlan tuman Tibbiyot birlashmasida qurilish ta’mirlash ishlarini olib borish uchun 2019-2021-yillarda Investitsiya dasturi doirasida jami 26 mlrd. 880 mln. so‘m mablag‘ rejalashtirilgan. Shundan Tibbiyot birlashmasida 2019-2020-yillarda loyiha smeta hujjatlari asosida jami 7 mlrd  29 mln so‘mlik 50 shifo o‘ringa mo‘ljallangan bolalar va 75 shifo o‘ringa mo‘ljallangan terapiya, ma’muriyat hamda klinik va bakteriologik laboratoriya bo‘limlarida manzilli dastur asosida rekonstruksiya ishlari bajarilib, binolar to‘liq foydalanishga topshirilgan. 2020-2021-yillarda loyiha smeta hujjatlari asosida jami 8 mlrd 85 mln so‘mlik 3 qavatli shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun mo‘ljallangan statsionar bino yangidan quriltib, to‘liq foydalanishga topshirildi. Ushbu binoda 9 o‘rinli kattalar reanimatsiya va qabul diagnostika bo‘limi, 10 o‘rinli rejali jarroxlik bo‘limi, 50 o‘rinli tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazi  joylashtirildi. 2021-yilda 11,5 mlrd so‘mlik  loyixa-smeta hujjatlari asosida tuman markaziy shifoxonasining 30 o‘rin yuqumli kasalliklar bo‘limi va tez tibbiy yordam bo‘limi binolarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5198-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda yangi tashkil qilingan “Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi” binosiga PSR laboratoriya, MSKT, Gemodializ, Kardioreanimatsiya bo‘limlari uchun 2022-yilda jami 1.4 mlrd so‘mlik loyiha smeta xujjatlari asosida qo‘shimcha 3-qavatli bino qurilib ishga tushirildi. Markazga umumiy baxosi 8 mlrd 500 mln so‘mdan ortiq 35 turdagi zamonaviy tibbiy apparatlar yetkazib berilgan.

Qurilish va ta’mirlash ishlari faqat tuman markaziy shifoxonasida bilan cheklanib qolgani yo‘q.

 Qishloq oilaviy poliklinikalarida ham qator ishlar amalga oshirildi.  Xususan 2020-yilda 9-son oilaviy poliklinika binosida loyixa-smeta hujjatlari asosida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 700 mln so‘mlik,14-son oilaviy poliklinika binosida mahalliy byudjet mablag‘lari xisobidan 800 mln so‘mlik rekonstruksiya va qo‘shimcha binolar qurish ishlari bajarilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

2021-yilda  “Obod qishloq” dasturi doirasida 12-son oilaviy poliklinikasining “Baynal” tayanch punkt binosida loyixa-smeta hujjatlari asosida 660.0 mln so‘mlik rekonstruksiya ishlari bajarilib, to‘liq foydalanishga topshirildi.

O‘tgan 2022-yilda o‘zida 9-son oilaviy poliklinikasining “Vatanparvar” mahallasida joylashgan tayanch punkti binosida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1.3 mlrd so‘mlik loyiha smeta hujjatlari asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib to‘liq foydalanishga topshirildi.

Tashabbusli byudjet loyihasi bo‘yicha  2022-yil "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumida Tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga qo‘shimcha bino zarurligi ehtiyojidan kelib chiqib, eski ma’muriyat binosini joriy ta’mirlash uchun 600 mln so‘m mablag‘ni ajratish bo‘yicha tashabbusli byudjet loyihasida qatnashilib g‘olib chiqildi. Binoda joriy ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.Ushbu binoga KTMPning oilaviy shifokorlar va tibbiy brigada hamshiralari ko‘chirib o‘tkazilib, yangi binoda tuman markazi aholisiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

  2022-yil "Tashabbusli budjet" loyihasining 2-mavsumida 4 ta loyiha bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.10-son oilaviy poliklinikasining “Jaloyir” mahallasida joylashgan “Yakkatut” tayanch punkti binosini ta’mirlash uchun 800 mln so‘m mablag‘ ajratish; “Bo‘zqal’a” oilaviy shifokorlik punktining “Dehqonobod” mahallasida joylashgan “Dehqonobod” tayanch punkti binosini ta’mirlash uchun 600,0 mln so‘m mablag‘ ajratish;  9-son oilaviy poliklinika, 11-son oilaviy poliklinika, Bo‘zqal’a oilaviy shifokorlik punkti, Yangiobod oilaviy shifokorlik punktilari uchun jami 4 dona umumiy bahosi 200 000 000 so‘mlik stomotologik kreslo sotib olish; Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va 6 ta oilaviy poliklinikalarning fizioterapiya xonalari uchun jami 7 ta umumiy bahosi 400 000 000 so‘mlik fizioterapiya tibbiy apparatlarini sotib olish bo‘yicha tashabbus kiritilib qatnashildi hamda ushbu tashabbuslar aholi tomonidan qo‘llab quvvatlanib, “Ochiq budjet” axborot portalida 2 mingdan ziyod ovoz to‘planib g‘olib chiqildi.

Ushbu mablag‘lar tuman moliya bo‘limi tomonidan tibbiyot birlashmasi hisob-raqamlariga to‘liq ajratib berildi. Hozirgi kunda 2 ta ob’ektda qurilish ishlari boshlanib amalda bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar moliyalashtirilib kelinmoqda. Loyiha belgilangan 4 ta stomotologik kreslo hamda  7 ta fizioterapiya tibbiy apparatlari sotib olinib muassasalarga foydalanish uchun topshirildi.

Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash tizimidagi olis hududlar uchun zarur bo‘lgan KONTEYNERLARga bo‘lgan extiyojdan kelib chiqib, Gurlan tumanidagi jami 7 ta mahallaga 10 ta Jumladan: Chinobod MFYga 1 ta, Olg‘a MFYga 2 ta, Esabiy MFYga 2 ta, Olchin MFYga 1 ta, Besh uy MFYga 3 va Do‘simbiy MFYga 1 ta ko‘chma tibbiy konteynerlar o‘rnatildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 28 mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Gurlan tumanida 7 ta maxalla xududida tibbiy punktlar tashkil kilish rejalashtirilgan. Ushbu hududlarda tibbiy punktlar qilish natijasida 21719 nafar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yaxshilanadi.

     Muhtaram Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 28-mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ”ochiq muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-2022 sonli bayoniga asosan, Gurlan tumanda ixtisoslashgan tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish maqsadida viloyat mutaxassislari ishtirokida joriy yilning 21-25-fevral kunlari barcha mahallalarida viloyat va tuman mutaxassis shifokorlari ishtirokida aholini profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik hamda skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan tibbiy ko‘riklarga viloyat davolash profilaktika muassasalaridan 105 nafar, qo‘shni tumanlardan 45 nafar, Gurlan tuman ambulator-poliklinika muassasalarida faoliyat yurituvchi 279 nafar va statsionar bo‘limlaridan 198 nafar tibbiyot xodimlari jalb qilindi.

Shuningdek, tadbirda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida ko‘chma mobil raqamli rentgen, oftalmologik mobil brigada, ultratovush tekshiruv apparatlari va mobil mammograf uskunasi jalb qilindi.

Tadbir davomida tumanning 61 468 nafar aholisi tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi, ko‘riklar jarayonida 29 674 nafar aholida turli xildagi kasalliklar aniqlandi. Aniqlangan kasaplliigi bor bemorlarning 28 649 nafarini ambulator va 1025 nafarini statsionar sharoitda sog‘lomlashtirish rejalashtirildi.

40 yoshdan katta 5 025 nafar aholi yurak qon-tomir va qandli diabet kaasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Skrining tekshiruvlariga ko‘ra 49 nafar aholida yurak qon-tomir kasalliklari va 14 nafar aholida qandli diabet kasalligi hayotida birinchi marta aniqlandi va davo muolajalari tayinlandi.

Viloyat onkologlari ishtirokida 45-65 yoshdagi 263 nafar ayollar mobil mammograf apparati yordamida selektiv mammoskrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

Oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik puntlarida “mobil oftalmologik poliklinika” orqali 385 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 35 nafar bemorda operatsiyaga muxtojligi aniqlandi va yo‘llanma berildi.

Tibbiy ko‘rik kunlari 1 nafar bemorga Respublika va 53 nafar bemorga viloyat, 126 nafar bemorga tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 786 nafar bemor kunduzgi statsionar o‘rinlarda davolandi va 28 653 nafar murojaat qilgan aholiga bepul dori-darmonlar berildi.

Tibbiy ko‘riklar davomida 59 nafar yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti muhtoj bemorlar aniqlandi va belgilangan tartibda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman tibbiyot birlashmasida 55 nafar bemorlarda jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi. Shundan 46 tasi viloyat davolash profilaktika muassasalari mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

   Tumanimiz aholisining 51 740 nafarini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi, ularning 4312 nafari yeng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazildi.

   Reproduktiv yoshdagi 34132 nafar ayollar, homiladorlar va bolalar yod preparati bilan ta’minlandi.

 Joriy yil tumandagi 40 yoshdan katta 5 025 nafar aholi yurak qon-tomir va qandli diabet kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tekshtruv natijalariga ko‘ra 49 nafar aholida yurak qon-tomir kasalliklari va 14 nafar aholida qandli diabet kasalligi hayotida birinchi marta aniqlandi va davo muolajalari tayinlandi.

Tumanda 193 nafar xotin-qizlar onkologik  tekshiruvlaridan o‘tkazildi.  Tumanda qishloq xo‘jaligi xodimlar va oila a’zolari  5052 nafarni tashkil qilib, shundan 4902 nafari tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi shulardan 493 nafar kasal aniqlanib sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Xabaringiz bor yaqinda Gurlan tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirish, aholi tibbiy xatlovi, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ham bir qator ishlar olib borilmoqda.

Gurlan tuman aholisini tibbiy xatlovdan o‘tkazish, aholining tibbiy saviyasini oshirish maqsadida birlamchi bo‘g‘inda oilaviy shifokor va unga yordamchi sifatida 5 nafar o‘rta tibbiyot xodimidan iborat 54 ta “tibbiy brigadalar” tashkil etildi. Joriy yilning mart oyi oxirigacha tuman aholisi to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.

Muhtaram Prezidentimizning bemorlarga ko‘rsatilayotgan malakali tibbiy yordam faqat Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida emas, balki tuman sharoitida xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalariga asosan tumanimiz shifokorlari faoliyatida muassasaning moddiy-texnika bazasi yaxshilanishi, yuqori malakali vrachlar salohiyatining oshishi natijasida viloyat, respublika miqyosida qilinayotgan murakkab texnologik operatsiyalar shu yerning o‘zida amalga oshirilmoqda.

Jumladan, travmatologiya sohasida yirik bo‘g‘im ichi siniqlarini endoprotezlash, BIOS operatsiyalarini o‘tkazish natijasida  bemorlar ertasi kuniyoq  oyoqqa turib ketayotganligi, jarrohlik sohasida qator murakkab radikal va polliativ operatsiyalar o‘tkazilayotganligi buning yorqin misolidir. Tuman tug‘ruq kompleksining  III-tipdan II-tipga o‘tkazilishi homiladorlarga ko‘rsatiluvchi akusherlik yordami ko‘lamining kengayishiga qulay sharoitlar yaratmoqda.

Tizimdagi qilinayotgan ishlar va yaratilayotgan qulaytiklarning barchasi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘satish va xalqni rozi qilishdir.


Mart 25, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 461 marta