Giyoxvandlikka qarshi kurash oyligi
“Giyoxvandlikka qarshi kurash oyligi” munosabati bilan Gurlan tumani “Navbahor” mahallasidagi 1-son kasb-hunar maktabida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Gurlan tuman bo‘linmasi rahbari M.O‘razbayeva, Tuman tibbiyot birlashmasi vrach narkologi J.Normetov, tuman IIB xodimi qatnashdi. Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida inson salomatligiga ta’siri haqida hayotiy misollar orqali tushuntirishlar berildi .
Tadbir so‘ngida o‘quvchilarning mavzu yuzasidan fikr mulohazalari bildirildi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 350 marta