Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich
2020-yil 28-fevraldan:
Gurlan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tug‘ilgan yili: Tug‘ilgan joyi:
15.09.1975 Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani
Millati: Partiyaviyligi:
o‘zbek O‘zLiDeP a’zosi
Ma’lumoti: Tamomlagan:
oliy 1997 yil Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-iqtisodchi, bozor iqtisodiyoti asoslari
Ilmiy darajasi: Ilmiy unvoni:
yo‘q yo‘q
Qaysi chet tillarini biladi:
rus tili
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
yo‘q
Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
yo‘q
MEHNAT FAOLIYATI
1997-2011 yy. - Bog‘ot tumani davlat soliq inspeksiyasi Xuquqiy shaxslarni soliqqa jalb qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori
2011-2014 yy. - Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish sho‘basi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi,
2014-2015 yy. - Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
2015-2015 yy. - Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi Soliq tekshiruvlari bo‘limi davlat soliq bosh inspektori-taftishchisi
2015-2016 yy. - Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori
2016-2017 yy. - Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, boshlig‘i
2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Xorazm viloyati bo‘limi boshlig‘i
2017-2018 yy. - Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi Bozorlar va savdo komplekslarini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i
2018-2019 yy. - Gurlan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi
2019-2019 yy. - Gurlan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
2019-2020 yy. - Gurlan tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020 y. - h.v. - Gurlan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Gurlan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika va viloyat miqyosida ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;
tumanning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini,shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tumankesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti
va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini,
shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
qo‘llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, tuman va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlarning va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni viloyat iqtisodiyot boshkarmasiga kiritish;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;
Xorazm viloyati xokimligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
tasarrufidagi bosh mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
- Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
Tuman hokimi raisligida quyidagi komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
|
Tuman hokimligi huzuridagi asosiy turdagi ijtimoiy muhim iste’mol mahsulotlari narxlarini nazorat va monitoring qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi tuman komissiyasi; |
|
Takroriy ekinlarni ekish, yetishtirish, olingan mahsulotni qish-bahor mavsumiga zaxiraga g‘amlash hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman komissiyasi; Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tuman muvofiqlashtiruvchi kengash; |
Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari quyidagi komissiyalarga rahbarlik qiladi;
|
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasi; |
|
2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi. |
|
Tariflar va uy-joy kommunal xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlar Dasturi bajarilishini monitoringini olib borish tuman komissiyasi. |
|
Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytib kelgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash ko‘niktirma markazlari faoliyatini nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi komissiya; |
Qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
- Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
Tuman iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi; |
Tuman statistika bo‘limi; |
Tuman hokimligi moliya bo‘limi; |
Tuman g‘aznachilik bo‘linmasi; |
Tuman davlat soliq inspeksiyasi; |
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi; |
Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi; |
Tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi; |
Sug‘urta kompaniyalari tuman bo‘limlari; |
Tumandagi tijorat banklari; |
Tuman ko‘niktirma markazi; |
Tuman bozorlari |
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1765 marta