Bugun Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida joylarda bo‘ldi.

Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasida bemorlarga yaratilgan sharoitlar hamda majmuaning isitish tizimi bilan tanishdi. Majmuaning istitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash zarurligini ta’kidlanib, bu bo‘yicha mas’ullarga zarur vazifalar berildi.

Shuningdek, tumandagi 43-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining umumiy holati o‘rganilib, isitish tizimlarini mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 11, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 69 marta