Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov Gurlan tumanida o‘rganish olib bordi

 

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023 yildagi "2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-404-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumandagi 5 va 39-sonli umumta’lim maktablari hamda 38-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 10-sonli oilaviy shifokorlik punktining rekonstruksiya qilish ob’ektlari o‘rganildi va qurilish materiallari yetkazib berish, ishchi kuchi, maxsus texnikalar jalb qilish borasida ishlar sust tashkil etilganligi oqibatida qurilish kechikayotganligi tanqid qilindi. Shuningdek, qurilishning har bir bosqichini ko‘rsatgan holda tarmoq jadvali ishlab chiqish zarurligi va ushbu muddatda qurilishni yakunlash,  ishchilarni rasmiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 02, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 40 marta