Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz!

Gurlan tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan davra suhbati ana shunday nomlandi.

Unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbar, xodimlari, tuman Ichki ishlar bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas'ullari, "Oqila ayollar" harakati a’zolari,  o‘quvchi-qizlar hamda ayollardan iborat ustoz-murabbiylar ishtirok etdi. 

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga uyg‘un holda qizlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni odob-axloqli, ma’rifatli va oqila qilib tarbiyalash borasida ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtaldilar.

Davra suhbati davomida "Oqila ayollar" harakati a'zolari o’zlarining hayotiy tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 21, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 202 marta