Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz

Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, sportchilar hamda tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida munosib hissa qo‘shayotgan turli soha vakillari ishtirok etdi.

Viloyatimizdagi taniqli xonanda va tuman madaniyat bo‘limining san’atkorlari tomonidan yangragan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Bayram tadbiri Xorazm TV orqali jonli efirga uzatildi.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Avgust 24, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 48 marta