Aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish va aholi tomorqalarida daromadlarini oshirishga doir seminar boʻlib oʻtdi
Respublikamiz Prezidentining mahallalarda aholi daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Gurlan tumani Olg‘a mahallasida seminar boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, yurtimizda ishsizlikni kamaytirish maqsadida koʻplab dasturlar amalga oshirilmoqda. Xususan, aholi oʻrtasida dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik kabi qishloq xo'jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Olg‘a mahallalarida oʻtkazilgan seminarda ana shu yoʻnalishlar borasida tegishli tuman tashkiloti mutasaddilari tomonidan tushunchalar berildi va amaliyotda ham namoyish etildi.
Seminarda Xorazm viloyati prokurori M.Axmedov, tuman hokimi U.Jumaniyazov, sektorlar rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, agrar soha mas'ullari, hokim yordamchilari, tuman fermerlar kengashi hamda korxona-tashkilotlar mas'ullari ishtirok etdilar.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 141 marta