11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”

Gurlan tumanida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tuman Axborot – kutubxona markazida davra suhbati o'tkazildi.

 Davra suhbatida ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga keng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Tadbirda O‘zbekiston qahramoni Anora Maxmudova, tuman hokimi o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nurxon Babajanova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi sho’ba rahbari Feruza Saparova hamda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Shirinoy Raximova qatnashdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Fevral 13, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 107 marta