"Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor" nominatsiyasi g‘olibi aniqlandi
Gurlan tumanida Davlat rahbarining Yoshlarga oid davlat dasturi hamda ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 9-maydagi 150-sonli farmoyishiga asosan saralab olingan 3 ta tadbirkor faoliyati ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, "Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor" nominatsiyasida Gurlan tumanidagi “Gurlan Flour Hous” MCHJ tuman bosqichi g‘olibi deb topilib, viloyat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 96 marta