“Tashabbus budjeti” doirasida amalga oshirilgan obodonlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash ishlar tanishish maqsadida media-tur

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan, tashabbusli budjet orqali ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lib, hududlardagi infratuzilmani,  insonlarning turmush sharoitlarnini yaxshilash imkoniyati yaratilgan. 2023 yil Gurlan tumanida o‘tkazilgan "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan 14 ta taklifga jami 16 395 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilgan.

Ana shunday obodlik ishlari tumanning " Eshimjiron "  mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ta’nishish maqsadida media-tur tashkil qilindi.

Joriy yilda o‘tkazilgan "Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsumida g’olib bo’lgan Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarining jami 1,6 km qismiga asfalt yotqizilmoqda.

Ma'lumot uchun: Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijasida "Drujba" MCHJ g‘olib bo‘lgan hamda Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarini asfalt qilish uchun jami 878,3 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 16, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 86 marta