“Ombudsman maktabi”: Aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rni

Gurlan tumani 9-son Bolalar musiqa va san’ati maktabida “Aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rni” mavzusida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Murodjon Achilov, tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Jumaniyozov, viloyat va tuman tashkilot rahbarlari, MFY raislari,  mahalla yoshlar yetakchisi, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari nazoratga olindi. 

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 18, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 299 marta