"Obod va xavfsiz mahalla" mavzusida mahalla yettiligi uchun oʻquv-seminar

Gurlan tumani hokimi Umrbek Jumaniyazov hamda sektor rahbarlari tuman hokimligi majlislar zalida "Obod va xavfsiz mahalla" mavzusida mahalla yettiligi uchun oʻquv-seminari oʻtkazishdi.

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan, mahallalarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahalla yettiligi bilan oʻzaro manzilli hamkorligining samaradorligini oshirishga qaratilgan hamda ijtimoiy profilaktika choralariga asoslangan yangicha ishlash tizimi joriy etilgan edi.

Ana shu ishlash tizimini joylarda yoʻlga qoʻyish va yettiligi hamkorligini yanada jonlantirish maqsadida oʻtkazilgan oʻquv-seminarida “Mahalla yettiligi” oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha kerakli maʼlumotlarni oldilar.

Shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqotni ishlarini amalga oshirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda jinoyatchiliklarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 06, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 55 marta