“Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

Gurlan tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolarining mahalladagi faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. 

O‘quv seminarda O‘zbekiston  mahallari uyushmasi raisi maslaxatchisi Xotamjon Ketmonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Odilbek Artiqov hamda hamkor tashkilotlar  o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Seminarda tumandagi 50 ta mahalla yettiligi ishtirok qildi va mutaxassislar tomonidan mahalla faoliyatni samarali tashkil etish hamda kasbiy faoliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 09, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 104 marta