“Taxtako‘pir” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar

 

 “Taxtako‘pir” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Mingboyeva Zumratxon Maxmudjanovna

Tarjimai holi

Mingboyeva Zumratxon Maxmudjanovna 1966-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, 1998-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti tamomlagan mutaxassisligi iqtisodchi.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1988 yilda Xorazm viloyati “Jilsosbank” da kichik mutaxassi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. Bank va ta’lim tizimida 30 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani “Mingboeva Zumratxon Maxmudjanovna”ga qarashli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Taxtako‘pir” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

 

“Taxtako‘pir” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Atajanova Xonimjon Vapaevna

 Tarjimai holi

Atajanova Xonimjon Vapaevna 1965-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi kutubxonashunoslik va bibliografiya.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1988-yilda Gurlan tumani markazlashtirilgan kutubxonachilikka makaziga qarashli 19-son tarmoqda kutubxonachi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli sohalarda 30 yildan ortiq mehnat qilgan.

“Taxtako‘pir” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Abdullayev  Muxiddin Nuraddinovich

Tarjimai holi

Abdullaev  Muxiddin Nuraddinovich 1969-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi tarix fani o‘qituvchi.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

1993-yilda Gurlan tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘kituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Taxtako‘pir” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.


May 13, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 883 marta